Umidli yarimhimoyachi Isaaq Konde «Manchester Yunayted»ga o'tdi. «Qizil jodugarlari»ning rasmiy saytida «Liverpul» tarbiyalanuvchisi bilan mehnat shartnomasining imzolanganligi haqida matbuot xizmati ma'lum qildi.

16 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda «Liverpul» U18 yoshgacha bo'lgan jamoasida olti marta maydonga tushdi. Konde birta golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi.

«Manchester Yunayted» Angliya Premer Ligasi bo'yicha besh turdan so'ng beshta ochko to'pladi va turnir jadvalida 12-o'rinda turibdi. 10 oktyabr kuni mankuniyaliklar «Tottenxem» bilan mamlakat chempionatining oltinchi turida to'qnash kelishadi.