Niderlandiya terma jamoasining qanot hujumchisi Kodi Gakpo yaqinda Serbiyaga qarshi o'yinda jarohat oldi. «Liverpul» futbolchisi birinchi bo'limning o'rtalarida maydondan chiqishga majbur bo'ldi.

«O'ranjlar»ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy xabariga ko'ra, 27 yoshli qanot hujumchisi xalqaro tanaffus davomida Gretsiya va Serbiya terma jamoalariga qarshi o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Kodi Gakpo yaqin kunlarda «Liverpul»ga qaytadi.

Joriy mavsumda hujumchi «Liverpul» safida olti o'yin o'tkazib, ikki gol urdi va to'rt assist berdi.