Manchester City jamoasining darvozaboni Jeyms Trafford jamoadagi o‘z o‘rnidan norozi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

23 yoshli futbolchi iyul oyida “shaharliklar” safiga qaytganiga qaramay, tez orada asosiy tarkibdan joyini yo‘qotdi. Bu uning jamoaga yangi qo‘shilgan Janluiji Donnarumma kelishi bilan bog‘liq.

Jurnalist Tayron Marshallning xabar berishicha, yosh darvozabon muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi va shuning uchun yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi ehtimoli katta. O‘zining ona klubiga qaytgan ingliz futbolchisi zahiradagi o‘yinchi rolini qabul qilish niyatida emas edi.

Jeyms Traffordning transferi Manchester City uchun 30 million yevrodan ortiq xarajatga tushdi. Uning shartnomasi 2030 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

22 noyabr kuni Xosep Gvardiolaning jamoasi Newkaslga qarshi o‘yin o‘tkazadi.