«Manchester Siti» o'z nazarini «Everton»ning o'ng qanot hujumchisi Iliman Ndiayega qaratdi, chunki «Liverpul» Kodi Gakponi qo'yib yuborishdan bosh tortdi.

Niderland futbolchisi «shahar» jamoasi uchun ustuvor edi, ammo merseysaydlar uning o'rnini to'ldira olishmadi. Shunday qilib, «Siti» Ndiayeni alternativ sifatida topdi.

Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, «Manchester Siti» allaqachon «iriski» bilan futbolchini transfer qilish bo'yicha aloqa o'rnatgan.

26 yoshli senegallik futbolchining bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi. Uning «Everton» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi.

2026/2027 mavsumida Ndiaye uchta o'yinda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.