Londonning Tottenhem himoyachisi Kevin Danso klubdan ketishga tayyorlanmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Chop etilgan ma'lumotlarga ko'ra, 27 yoshli avstriyalik futbolchi yaqin soatlarda jamoani tark etishga tayyor. Dansoning karerasini davom ettirish variantlari hozircha noma'lum.
Kevin o'tgan yozda ingliz jamoasiga qo'shilgan edi. U «shporlar» bilan 2030-yilning iyunigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Transfermarkt portali mutaxassislari himoyachining bozor qiymatini 20 million evroga baholamoqda.
