Hujumchi Olli Uotkins birminhamlik «Aston Villa»ni tark etib, Saudiya Arabistoni chempionatiga ko'chdi. 30 yoshli futbolchining yangi jamoasi «Al-Hilal» bo'lib, bu haqda ingliz klubining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Oldinroq matbuotda Uotkinsni sotishdan «Aston Villa» taxminan 60 million evro daromad olishi haqida xabar berilgan edi.

O'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida hujumchi Birminham jamoasi safida 37 uchrashuvda ishtirok etdi. Forvard 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Bugungi kunda «Al-Hilal» Saudiya Arabistoni chempionatida turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi.