«Manchester Yunayted»ning qishki transfer oynasidagi rejalari ma'lum bo'ldi.

Football Insider xabariga ko'ra, so'nggi mish-mishlarga qaramay, yanvar oyida «qizil iblislar» boshqa pozitsiyalar o'rniga himoya chizig'ini kuchaytirishga e'tibor qaratishadi. Klub yozda chap himoyachi sotib olishni xohlagan, ammo buni amalga oshira olmadi.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» yangi hujumchini sotib olishni rejalashtirayotganini ta'kidlaydi, bu haqida avval xabar berilgan edi, lekin klub hujumchini faqat kelasi yozda olishni maqsad qilgan.

Beshta turdan so'ng «Manchester Yunayted» Premier-liganing turnir jadvalida 12-o'rinda joylashgan. Maykl Karriq boshqaruvidagi jamoa faqat beshta ochko to'plagan.