«Liverpul»ning kapitani Virgil van Deyk Kodi Gakponi klubda qolishga chaqirdi. O'yinchiga «Manchester Siti» tomonidan qiziqish kuchaymoqda.

«U sifatli o'yinchi, bunday futbolchilarni saqlab qolish biz uchun muhim. Kelgusi uch kun nimalarni olib kelishini ko'ramiz. Albatta, men uning qolishini xohlayman - nafaqat uning sifatlari uchun, balki u mening do'stim», - deydi van Deyk Goal'ga bergan intervyusida.

«Manchester Siti» 27 yoshli futbolchini transfer qilish bo'yicha «Liverpul» bilan muzokaralarni boshladi. «Shaharchilar» gollandiyalik o'yinchi uchun taxminan 88 million evro to'lashga tayyor.

Gakpo