«Al-Hilal» Arsenal bilan hujumchi Gabriel Martinellining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Mashhur insayder Fabrizio Romano yozishicha, bitimning umumiy summasi bonuslar bilan birga 65 million evrodan oshadi. Braziliyalik futbolchi yaqin kunlarda transferni yakunlash uchun ruxsat oldi. Martinelli saudiyalik klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

25 yoshli futbolchi 2019 yildan buyon Arsenal sharafini himoya qilmoqda, u o'sha paytda Braziliyaning «Ituano» klubidan Angliyaga kelgan. Vinger Londondagi jamoada 278 ta o'yin o'tkazib, 62 gol urdi va 36 golli uzatmalar berdi.