Londondagi «Arsenal» o'zining uy stadionini «Emireyts» rekonstruktsiya qilishdan voz kechdi. Loyihada stadionning hozirgi 60 ming tomoshabin sig'imidan ancha oshirish rejalashtirilgandi.

Ushbu masala bilan ishlovchi guruh 2024 yildan beri shug'ullangan. Natijada, alohida zonalarni tartibga solish va kengaytirish hamda muxlislar uchun sharoitlarni yaxshilashga qaror qilindi.

Rekonstruktsiya qilishdan voz kechishning asosiy sababi, ishlar davomida uy o'yinlarini boshqa arenaga ko'chirish zaruriyati bo'ldi, deb xabar beradi The Athletic.

«Emireyts» 2006 yilda ochilgan. Avvalroq «Arsenal» 35 ming o'rinli «Hayberi» stadionida o'yin o'tkazardi.