«Manchester Yunayted» o'zining sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovichni tabrikladi. Shanba kuni shved futbolchisi 45 yoshga to'ladi.
Ibragimovich «Manchester Yunayted» safida 2016-2018 yillarda o'ynagan. Shu davrda shved futbolchisi 53 rasmiy o'yinda 29 gol urib, 10 golli uzatma amalga oshirgan.
«Tug'ilgan kuning bilan, Zlatan Ibragimovich», - deya yozilgan «qizil iblislar»ning ijtimoiy tarmoqlardagi postida.
Shuningdek, «Manchester Yunayted» klubda Ibragimovichning eng yaxshi beshta golini o'z ichiga olgan video tarqatdi.
«Manchester Yunayted» hozirda Angliya Premer-ligasida 12-o'rinda turibdi.
