«Nottingem Forest» boshqa ingliz klubi – «Kristal Pelas»da o'ynayotgan darvozabon Din Xendersonni qo'lga kiritishga harakat qildi.

Fabrizio Romano tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda xabar berilishicha, «qaldirg'ochlar» «o'rmonchilar»ning taklifiga rad javobini berishdi. «Kristal Pelas» rahbariyati Xendersonning jamoada qolishini xohlaydi. Klubning rejalari orasida bu yozda o'yinchidan ajralish yo'q.

29 yoshli darvozabon «Kristal Pelas»da 2023 yil avgustidan beri o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozida tugaydi. Ingliz futbolchisi bozor qiymati 28 million evro deb baholanmoqda.