«Yuventus» «Liverpul» himoyachisi Giovanni Leoniga qiziqish bildirmoqda.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, avvalroq «Yuventus» Leoniyni ijaraga olish imkoniyatini o'rganib chiqdi, ammo «Liverpul» futbolchini qo'yib yuborishni xohlamadi. Shunga qaramay, turinliklar o'z rejalaridan voz kechmayapti. «Yuventus»ning sport direktori Marko Ottolini va texnik direktor Frederik Massara Leoni jarohatdan tuzalganidan so'ng, uning o'yinlarini kuzatish uchun doimiy ravishda scoutlar yuborishni rejalashtirmoqda.

Markaziy himoyachi inglizlar safiga 2025 yil yozida qo'shilgan. U «Liverpul»da bitta o'yin o'ynagan. Avvalgi jamoalari esa «Parma» va «Sampdoriya» bo'lgan.