«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso yulduz futbolchi «Barselona»dan transfer qilishni talab qilmoqda. Alonso o‘zining jamoasida hujumchi yarimhimoyachi Fermin Lopezni ko‘rishni xohlaydi.

«Alonso Lopez o‘zining tezligi, intensivligi va jarima maydonida paydo bo‘lish qobiliyati bilan loyiha uchun mukammal mos keladi, deb hisoblaydi», - deya xabar bermoqda El Nacional.

«Barselona» 23 yoshli Lopezni sotishni xohlamaydi. Kataloniyalik klub taklif summasi 120 million evroga yetmasa, muzokaralarga o'tirmaydi. Aslida transfer summasi yanada yuqori bo‘lishi mumkin.

Oldinroq, Fermin Lopez «Chelsi» bilan bog‘langan edi.