«Atletiko» Madrid hujumchisi Aleksandr Sorloti xizmatlari inglizning «Manchester Yunayted» klubiga taklif qilingan. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli norvegiyalik yangi chaqiruvni qabul qilishga tayyor. Biroq «matraschilar» hujumchini, agar unga mos o'rinbosar topa olmasalar, qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Yangi mavsumda Sorloti jarohati sababli maydonga tushmagan. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 54 uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga 20 marta to'p kiritdi va bir assist yozdirib qo'ydi.

Hujumchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari o'yinchining narxini 18 million evro deb baholamoqda.