Braziliyalik hujumchi Endrik qishki transfer oynasida Madridning Real klubini tark etishi mumkin, deb xabar beradi Goal.com sayti jurnalistlari. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi Angliyaning Manchester Yunayted klubiga o‘tishga yaqin turibdi. “Qizil iblislar” Endrikni Benyamin Sheshkoning jarohati sababli jamoaga qo‘shmoqchi.

19 yoshli braziliyalik futbolchi “Qirollik” klubi bilan 2030 yil o‘rtalarigacha shartnoma imzolagan. Endrikning bozor qiymati taxminan 35 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda La Liga doirasida u faqat bitta o‘yin o‘tkazgan. Futbolchining yangi jamoaga o‘tishi transfer oynasi davomida rasmiylashtirilishi mumkin.

Bu o‘zgarish klub uchun muhim bo‘lib, hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaratilgan.