Fransiya terma jamoasi va «PSJ» hujumchi yarim himoyachisi Breda Barkola «Liverpul»ga o'tmoqda. Bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, shartnoma summasi 125 million evrodan iborat bo'lib, 20 million evro bonuslar qo'shiladi. Yaqin kunlarda 23 yoshli qanot o'yinchisi tibbiy ko'rikdan o'tadi va Merseysayd jamoasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Barkola «PSJ»da o'ynagan davrida 152 uchrashuvda maydonga tushdi. Breda 39 ta gol urdi va 37 ta golli uzatmalarni amalga oshirdi.

«Liverpul»ning navbatdagi o'yinida «Nottingem Forest»ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv 29-avgust, shanba kuni «Enfild»da bo'lib o'tadi.