Forvard «Lion» Malik Fofana uchun Britaniyada ishga joylashish imkoniyati mavjud. Bu haqda jurnalist Santi Auna ijtimoiy tarmoqlarda xabar bergan.
21 yoshli belgiyalik hujumchiga «Hall Siti» qiziqish bildirmoqda. «Tigrlar» futbolchini sotib olish uchun «to'qimachilar»ga 35 million evro taklif qildi. Ingliz tomoni «Lion» va futbolchining vakillari tomonidan javob kutmoqda.
Oldinroq matbuotda Malikka «Roma» tomonidan qiziqish bildirilgani haqida xabar berilgan edi.
Fofana 2024 yil yanvaridan buyon «to'qimachilar» safida o'ynaydi. Hujumchi 83 uchrashuvda 19 gol urdi va oltita golli uzatma berdi.
