Italiyaning «Milan» klubi «Barselona»ning qanot himoyachisi Alejandro Baldeni qo'lga kiritishga qiziqmoqda. Bu haqda Diario SPORT xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «rossoneri» Kataloniyaliklar bilan bog'lanib, Baldening transferi imkoniyatlarini o'rganishgan. «Barselona» 22 yoshli ispan futbolchisini 40 million evroga baholamoqda. Shuningdek, «Milan» himoyachini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda, lekin to'liq transfer ham istisno qilinmaydi.
Bundan tashqari, Balde xizmatlariga «Manchester Yunayted» ham qiziqmoqda. Avvalroq xabar berilganidek, «qizil iblislar» futbolchining agenti bilan uchrashuv o'tkazmoqchi.
Yangi mavsumda Balde maydonga tushmagan. Uning «sine-granatalar» bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
