«Liverpul» 23 yoshli fransuz qanot o‘yinchisi Bradli Barkolani transfer qilishga yaqinlashdi. U shanba kuni Angliyaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish va uzoq muddatli shartnoma imzolash uchun jo‘nab ketadi, deb xabar beradi Goal.

«Liverpul» va PSG o‘rtasida kelishuv 140 million evro atrofida bo‘lgan bitim bo‘yicha yakunlandi. Dastlab parijliklar futbolchi uchun 170 million evro talab qilgan edi.

Barkola «Liverpul» tarixidagi eng qimmatbaho ikkinchi transfer bo‘ladi, avvalroq Aleksandr Isak uchun klub 145 million evro to‘lagan. Frantsuzning PSGga o‘tishi esa klub tarixidagi eng katta sotuv bo‘ladi.

Barkolaning tez orada ketishi haqida xabar beruvchi belgi — uning «Renn»ga qarshi (2:2) o‘yinda parijliklar ro‘yxatida yo‘qligi. «Liverpul» bilan shaxsiy shartnomasi allaqachon kelishilgan.

O‘tgan mavsumda Barkola parijliklar safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi. «Liverpul» fransuzni Mohamed Salahning potentsial vorisi sifatida ko‘rib chiqmoqda.