«Chelsi» klubining yarimhimoyachisi Enzo Fernandezni «Manchester Siti»ga sotib yuborish ehtimoli mavjud. Shunday ekan, klub kimni sotib olmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, «Chelsi» «Monako»dan Laminu Kamara uchun taklif tayyorlamoqda. Manbaga ko'ra, «ko'klar» bu kelishuv bo'yicha muzokaralarni ushbu oy davomida olib borgan. 60 million evro atrofidagi taklif «Monako»ni qoniqtirishi kutilmoqda.
Yangi mavsumda 22 yoshli senegallik o'yinchi barcha musobaqalarda uchta o'yinda maydonga tushib, bir gol urdi.
Kamara «Monako» bilan 2029 yilgacha davom etadigan shartnomaga ega. Transfermarkt mutaxassislari o'yinchining qiymatini 40 million evro deb baholamoqda.
