«Aston Villa» 18 yoshli hujumchi Ibragim Mbayeni transfer qilish bo'yicha «PSJ» bilan prinsipial kelishuvga erishdi. Ushbu bitimning qiymati 55 million evro bo'ladi, deb xabar bermoqda The Athletic.
Hozirda klublar zarur hujjatlarni rasmiylashtirmoqda. Mbaye 2024 yildan buyon «PSJ»da o'ynaydi va asosiy jamoa safida 42 o'yin o'tkazib, 4 gol urdi va 4 assist berdi. Shulardan 3 gol va 2 assist o'tgan mavsumga to'g'ri keladi.
Shuningdek, Mbaye Senegallik terma jamoa a'zosi. 2025 yilda u Afrika milliy kubogini qo'lga kiritgan, 2026 yilgi Jahon chempionatida esa 3 o'yinda maydonga tushib, Fransiyaga qarshi o'yinda gol urgan.
Avvalroq futbolchiga «Liverpul» qiziqish bildirgan edi.
