«Chelsi» «Atalanta» bilan 18 yoshli himoyachi Onest Ahanorning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Tomonlarga bitimning ayrim tafsilotlarini kelishish va zarur hujjatlarni tayyorlash qolgan, deb xabar beradi jurnalist Fabrizio Romano. Transfer summasi 40 million funtni tashkil etdi. Ahanor avvalroq «Chelsi»da faoliyatini davom ettirishga rozilik bergan.
Biroq, londondagi klub yosh himoyachining kelajak rejasini hali aniqlashi kerak. Avvalroq xabar berilganidek, transfer amalga oshirilgandan so'ng, Ahanor hozirgi mavsumni boshqa APL klubida o'tkazishi va Londonga 2027 yil yozida qo'shilishi mumkin.
