Avvalgi «Arsenal» o'yinchisi Djek Uilshar kim eng yaxshi futbolchi ekanligini aytib berdi. Uilshar Ueyn Runini tanladi, u bilan birga Angliya terma jamoasida o'ynagan.
«Men o'ynagan eng yaxshi futbolchi? Ueyn Runi», - deydi Uilshar The Touchline'ga bergan javobida.
Djek Uilshar Angliya terma jamoasida 34 ta o'yin o'tkazgan. Bu o'yinlarda yarim himoyachi 2 ta gol urdi va 2 ta golga assist berdi. Ueyn Runi esa 120 ta o'yinda 53 ta gol urdi va 21 ta assist berdi.
Uyn Runi klub darajasida Everton, Manchester Yunayted, Di Si Yunayted va Derbi jamoalarida o'ynagan.
