Avvalgi Manchester Yunayted murabbiyi Aleks Ferguson vaqtni orqaga qaytarishni va Xosep Gvardiola bilan yana bir marta kechki ovqatda bo‘lishni xohlaydi, uni «qizil iblislar» boshqarishiga ko‘ndirish uchun.
«So‘nggi 10 yil ichida, 2012 yilda Nyu-Yorkda Gvardiola bilan o‘tkazgan kechki ovqatimiz bir necha oy oldin bo‘lganda nima bo‘lardi, deb ko‘p o‘yladim. O‘sha paytda men kareramni tugatmoqchi ekanimga to‘liq ishonch hosil qilmagan edim. Gvardiola esa Ispaniyada to‘rt yil ichida katta muvaffaqiyatlarga erishganidan so‘ng, «Bavariya» bilan ishlashni xohlagan edi», – deydi Ferguson o‘zining yangi kitobi «Games of My Life»da.
Agar vaqtni orqaga qaytarish imkonim bo‘lsa, biz kechki ovqatni bir necha oy oldin o‘tkazardik, ko‘proq Tinyanello [italyan vinosi] quyib, uni «Manchester Yunayted» bilan kelajagi borligiga ishontirishga harakat qilardim», – deya qo‘shadi u.
Aleks Ferguson 2013 yilda «Manchester Yunayted» boshqaruvini Devid Moyesga topshirdi. Shotlandiyalik 2014 yil aprelida ishdan bo‘shatilgan. Xosep Gvardiola esa 2016 yilda «Manchester Siti»ga kelib, o‘sha jamoada o‘n mavsum ishladi.
