2020 yilda UEFA «Manchester Siti»ni moliyaviy qoidalarni buzganligi uchun Chempionlar ligasidan ikki yilga chiqarib yuborishga qaror qilgandi. Biroq, Sport arbitraj sudi (CAS) bu jazoni bekor qildi.
Endi, mustaqil komissiya «Manchester Siti»ning ko‘plab qoidalarni buzganligini aniqlagach, UEFA klubga qarshi yangi ish ochishi mumkin.
The Touchline nashrining Mirrorga tayangan holda xabar berishicha, avvalgi tergovda UEFAda APLga tegishli bo‘lgan dalillar yo‘q edi.
Hozirda UEFA «Manchester Siti»ning apellyatsiyasini diqqat bilan kuzatmoqda. Agar «shahar jamoasi» apellyatsiyani yutqazsa, UEFA tomonidan yangi tergov boshlanishi mumkin.
