«Everton» futbolchisi Iliman Ndiaye «Manchester Siti»ning qiziqish doirasiga tushdi.
Senegal futbolchisi «shaharchilar» tomonidan «Tottenhem»ga sotilgan Savinyo o‘rniga qo‘lga kiritilishi mumkin, deydi jurnalist Ben Jeykobs. «Iriski» 26 yoshli futbolchining narxini 80 million funt sterling (93 million evrodan ko‘proq) deb baholamoqda.
Iliman Ndiayega shuningdek, Londondagi «Arsenal» ham qiziqmoqda, ammo «kanonirlar»ning ustuvor maqsadi Madridning «Atletiko»sidan Xulian Alvarezni olishdir.
Transfermarkt portali Ndiayening bozor qiymatini 55 million evro deb baholaydi. U Liverpool jamoasi bilan 73 uchrashuvda 17 gol urdi va to‘rt assist berdi.
