Londondagi Arsenal Madridning Atletiko klubidan hujumchi Xulian Albarezni qo'lga kiritish uchun harakatlarini davom ettirmoqda.
«Kanonirlar» argentinalik futbolchi uchun 125 million evro va 10 million evro bonus taklif qildi, deya xabar bermoqda jurnalist Ariyel Senosiaan. «Matrasniklar» bu taklifni qabul qildi, ammo hujumchi hali ham Angliyaga qaytishni xohlamayapti va Barselonaga o'tishni umid qilmoqda. «Arsenal» esa futbolchining fikrini o'zgartirishini kutishga tayyor.
Xulian Albarez avval «Manchester Siti»da Premyer-ligada o'ynagan. 26 yoshli futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi 100 million evro, uning «Atletiko» bilan shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
