Yulduz norvegiyalik markaziy hujumchi Erling Haaland «Manchester Siti» ga bo'lgan munosabatini aytib berdi. Yaqinda «shahar» jamoasi APL moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblandi.
«Bu joy men uchun juda qadrli. Men klubim va bizning muxlislarimizni qadrlayman. Ular bilan birga jamoani qo'llab-quvvatlayman va ularga hamdardlik bildiraman», - deya ta'kidlagan skandinaviyalik bombardir ijtimoiy tarmoqlarda.
Haaland «Manchester Siti»da 2022 yilning yozidan beri to'p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2034 yilning iyun oyining oxirida tugaydi. Erlingning bozor qiymati 220 million evro.
Hozirgi mavsumda Angliya chempionatida hujumchi beshta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi.
