«Galatasaray» yarim himoyachisi Gabriele Sara ikki Angliya Premer-liga klubining kuzatuviga tushdi. Bu haqda Takvim xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli braziliyalik futbolchiga «Everton» va «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda. Yanvar oyida har ikkala klub futbolchini sotib olish taklifini berishi kutilmoqda.

Hozirgi mavsumda Sara barcha musobaqalarda yetti o'yinda maydonga tushib, ikki gol urdi va ikkita golli uzatma berdi.

Saraning «Galatasaray» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalidagi mutaxassislar futbolchini 27 million evroga baholamoqda.