«Manchester Yunayted»ning kapitani Bruno Fernandesh «Brayton»dan kelgan yarim himoyachi Carlos Balebaning transferi haqida fikr bildirdi.

Seshanba kuni «qizil iblislar» 22 yoshli futbolchining transferi haqida rasmiy e'lon qildi. Shartnoma qiymati deyarli 76 million evroga baholanmoqda.

«Ishonchim komilki, bizning muxlislar Balebani sevishadi! U juda energiyaga to'la, jismonan kuchli, to'pni oldinga sura oladi. Yosh, istiqbolli. Klub uni ikki yil davomida kuzatdi», – deydi Fernandeshning so'zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltirmoqda.

Carlos Baleba «Manchester Yunayted» bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi, shuningdek, kelishuvda yana bir yilga avtomatik uzaytirish opsiyasi ham mavjud.