Napadchi «Real» Viniyusning «Arsenal»ga o‘tishi haqida tarqalgan mish-mishlar, futbolchining Madridda yaxshiroq shartnoma olish uchun agentlar tomonidan uyushtirilgan hiylalar ekanligi aytildi.

Bu fikrni «Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Garet Barri bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat ko‘pincha takrorlanadi, chunki o‘yinchi shartnomani yangilashda o‘z shartlarini kuchaytirishi kerak.

Barri, shuningdek, Viniyusni APLda ko‘rishni xohlayotganini tan oldi.

«Men buni oddiy agentlik hiylasi deb qabul qildim. Biroq, Viniyusni APLda ko‘rish juda yaxshi bo‘lardi, chunki hozir u dunyoning eng asosiy yulduzlaridan biri», - deydi Barri Goal.com saytida.

Keyinchalik Viniyus va «Real» 2032-yilgacha shartnomani uzaytirganliklarini tasdiqladilar.