Yarim himoyachi «Chelsi» Enzo Fernandez yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin «Manchester Siti» ga o'tishi mumkin.
«Shaharchilar» argentinalik futbolchi uchun rasmiy taklifni yaqin kunlarda berishni rejalashtirmoqda. Mashhur insayder Gaston Edulning ma'lumotlariga ko'ra, «Siti» 25 yoshli «ko'klarning» yarim himoyachisi uchun taxminan 130 million funt sterling (152 million evro) taklif qilishga tayyor. Agar shartlar amalga oshsa, bu Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transfer bo'ladi.
Hozirda Premier-ligadagi eng katta transfer – Aleksandr Isakning «Nyukasl»dan «Liverpul»ga 145 million evroga o'tishi hisoblanadi.
Shuningdek, Enzo Fernandez «Manchester Siti»ga o'tishga rozi bo'lsa, hozirgi maoshidan ancha ko'proq maosh olishi ta'kidlangan.
