«Manchester City» futbolchisi Niko O’Raily 2025/26-yilgi mavsum natijalariga ko‘ra Angliya Professional Futbolchilar Assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e’tirof etildi.

21 yoshli ingliz futbolchisi ushbu mukofotni professional futbolchilar ovoz berishi orqali qo‘lga kiritdi. O’Raily mukofot uchun jamoadoshi Rayan Sherki, «Arsenal»dan Maxs Douman, «Bournemouth»dan Juniyor Krupi, «Manchester United»dan Kobbi Maynu va «Liverpul»dan Rio Ngumoudan o‘zib ketdi.

O‘tgan mavsumda futbolchi 53 o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasiga to‘qqiz marta zarba berdi va olti assist amalga oshirdi.