«Roma»ning qanot himoyachisi Uesli transfer bozorida talabga ega, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur.

Manbaga ko'ra, londondagi «Arsenal» va «Tottenhem», shuningdek, «Liverpool» braziliyalik futbolchining xizmatlaridan manfaatdor. Rim klubining pozitsiyasiga kelsak, «bo'rilar» futbolchini jamoada saqlamoqchi.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi. 23 yoshli braziliyalikning transfer qiymati 40 million evroga baholanmoqda.

Beshta o'yin o'tkazgan «Roma» 13 ball to'plab, Seriya A turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.