«Manchester Siti» Enzo Fernandesni transfer qilish bo'yicha aniq harakatlarga o'tishga tayyorlanmoqda.
Yaqin vaqt ichida shahar jamoasi londondagi klubga argentinalik futbolchi uchun rasmiy taklif yuboradi, deb xabar beradi jurnalist Fabrizio Romano o'z sahifalarida. O'z navbatida, futbolchi jamoa o'zgartirishga tayyor va «Manchester Siti»ga o'tish imkoniyatiga rozilik bergan. Buning bir omili esa, Enzo Mareska bilan yana birga ishlash imkoniyati, chunki Fernandes avval «Chelsi»da uning boshqaruvi ostida o'ynagan.
Endi muzokaralarning davom etishi «Chelsi»ning pozitsiyasiga bog'liq. Londondagi jamoa avval Fernandesning narxini 120 million funt deb baholagan.
