Madridning “Real” klubi 2026-yil yozida ikki yirik transfer amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Fichajes manbasining xabariga ko‘ra, “Real” Londonning “Arsenal” jamoasidan yarim himoyachi Deklan Rays va Parijning “PSJ” klubidan qanot hujumchisi Bredli Barkolani sotib olishni rejalashtirmoqda. Ikkala futbolchi ham “Real” uchun asosiy transfer maqsadlari hisoblanadi.

Klub ushbu transferlarni amalga oshirish uchun Rodriqo va Eduard Kamavingani sotishni ko‘zlamoqda. Joriy mavsumda 26 yoshli Deklan Rays barcha musobaqalarda 17 o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urdi va beshta golga uzatma berdi.

23 yoshli Bredli Barkola esa 15 o‘yinda to‘rt marta gol urib, uchta assist amalga oshirdi. “Arsenal” klubi o‘zining yulduz futbolchisini “Real”ga 150 million yevroga sotishi mumkin.

Bu transferlar Madrid klubining o‘z jamoasini kuchaytirish va bozor raqobatida ustunlikka erishish borasidagi rejalarining bir qismidir.