Hozirda «Barselona»ning chap himoyachisi Alejandro Baldening kelajagi hal qilinmoqda.

22 yoshli futbolchining klubdagi taqdirini payshanba kuni kechqurun belgilaydi, deb xabar beradi jurnalist Karlos Monfor. Mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da agent Jorje Mendesning «ko'k-qizil»lar sport direktori Deku bilan uchrashuvi boshlandi. Tomonlar futbolchining holatini muhokama qilmoqda.

Alejandro Baldega inglizning Manchester Yunayted jamoasi qiziqish bildirmoqda, ammo o'z navbatida, ispan futbolchisi qolishni afzal ko'rayotganga o'xshaydi. Hozirgi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi va uning Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro.