Munxenning «Bavariya» klubi Garry Kaynning Bundesliga'dagi 100-o'yinini munosib tarzda nishonladi - u gol urdi va klub 6:1 hisobida g'alaba qozondi. Angliya terma jamoasining hujumchisi Bundesliga'da 100 o'yin o'ynab, 102 ta gol urish natijasiga erishdi.
Bu Kayn uchun mutlaqo yangi rekord: u Konicki (100 o'yinda 72 gol) ko'rsatkichini sezilarli darajada oshirib, 1967 yildan beri o'zgarmagan rekordni yangiladi.
Fridxel'm Konicki - sobiq nemis futbolchisi va murabbiy bo'lib, u tashqi ko'rinishi bilan sobiq sovet marshalli Timoshenkoga o'xshashligi sababli «Timo» laqabini olgan. U Dortmundning «Borussiya» va «Munxen 1860» klublarida 218 o'yinda 164 gol urgan.
