«Atletiko»ning sport direktori Mateu Alemani payshanba kuni London tomon yo'l oldi. Marca nashrining xabar berishicha, Alemani «Chelsi» forvardi Nikolaz Jekson bilan muzokaralar olib boradi.

«Atletiko» hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va 25 yoshli Jekson hozirda asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Madrid klubi senegallik futbolchini ijaraga olish bo'yicha kelishishga harakat qilishi mumkin. Bunda Nikolazning maoshining bir qismini «Chelsi» o'z zimmasiga olishi mumkin.

O'tgan mavsumda Nikolaz Jekson «Bavariya»da ijarada o'ynadi. Avvalroq, forvard Ispaniyada «Vilyarreal» va «Mirandes» kabi jamoalarda ham o'ynagan.