«Manchester Yunayted» himoyachisi Garry Maguayr argentinalik Lisandro Martinesning klubdagi vaziyat to'g'risidagi shov-shuvli so'zlariga javob berdi.
«Oxirgi kunlarda bu masala bo'yicha ko'p shov-shuvlar bo'ldi. Martines allaqachon uzr so'radi. Biz oldinga harakat qilamiz. O'tgan o'yinda u ajoyib birinchi taym o'tkazdi. Umid qilamizki, uning jiddiy jarohati yo'q», - deydi futbolchi Sky Sports orqali.
Oldinroq Lisandro jamoaga bosh murabbiyni o'zgartirish shart emasligini aytgan. U katta sarmoya va texnik direktorning yaxshiroq ishlashini kutmoqda.
So'nggi o'yinda «MYU» «Lids» bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. APLning yetti turidan so'ng «qizil iblislar» 14-o'rinda bormoqda.
