Londonning «Arsenal» jamoasi darvozaboni David Raya jamoaning xalqaro tanaffusdan keyin erishgan natijalari haqida fikr bildirdi.
«Biz juda kuchli qaytdik, ayniqsa «Brighton»dan og'ir mag'lubiyatdan so'ng. Bizning javobimiz juda ajoyib, tushunyapsizmi? Har bir o'yinda qanday o'ynashimizdan juda mamnunman. Lekin, albatta, har doim ustida ishlash kerak», — deydi darvozabon. Arsenal Radar.
Xalqaro tanaffusdan so'ng «Arsenal» Angliya chempionatida «Lids»ni (2:1) va «Nottingem Forest»ni (1:0) mag'lub etdi, shuningdek, Chempionlar ligasida «Lill»ni (3:0) yengdi.
Yetti turdan so'ng «Arsenal» APLda 18 ochko to'plab, ikkinchi o'rinda bormoqda. Oldinda faqat «Manchester Siti» (21 ochko) bor.
21-oktabr kuni Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa Myunxenga yo'l oladi, u yerda «Bavariya»ga qarshi Chempionlar ligasining uchinchi turida jang qiladi.
