«Manchester Yunayted» chap himoyachi pozitsiyasiga futbolchi izlashda davom etmoqda. So‘nggi kunlarda «qizil iblislar» Alejandro Baldening atrofidagi odamlar bilan bog‘lanib, uning transferi mumkinmi va qanday shartlar asosida amalga oshishi mumkinligini aniqlashga harakat qildi. Biroq, 22 yoshli Balde Kataloniya jamoasida baxtli. Bu haqda mashhur insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Alejandro Balde Transfermarkt nashrining mutaxassislari tomonidan 50 million evroga baholangan. Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha davom etadi.

«Barselona»ning asosiy jamoasi uchun Balde 168 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 21 ta golli pas berdi.