«Manchester Yunayted» yana muxlislarini xafa qilib, «Lids» bilan (1:1) durang o'ynadi. Eksi «qizil iblislar» o'yinchisi Rio Ferdinand jamoaning bosh murabbiyi Maykl Karriqni qo'llab-quvvatladi.

«O'tgan mavsumni yomon boshladik, va qarang, u qanday tugadi. Umid qilamizki, bu mavsumda biz vaziyatni o'zgartiradigan kichik bir turtki olamiz. Karriq kabi inson bilan qolishimiz kerak. Unga vaqt bering. Barcha narsani o'zgartirishiga imkon bering. Bu uning murabbiylik karerasidagi birinchi zarba. Muammolar paydo bo'lganida, odamning chirog'ini o'chirib qo'yish mumkin emas. Klubning taqdirini o'zgartirish uchun unga imkon bering», - deydi Ferdinandning so'zlarini The Touchline keltirmoqda.

«Manchester Yunayted» Premier-liganing turnir jadvalida 13-o'rinda turibdi.