«Liverpul» 22 yoshli «Brayton» hujumchisi Yankubu Minte uchun 60 million evro taklif qildi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Hozirda futbolchi «Roma» bilan o‘tkazilgan nazorat o‘yinida olgan jarohati sababli tiklanmoqda. Minte kamida 8 hafta maydonga tusha olmaydi. Jarohatiga qaramay, «Liverpul» uning transferi uchun taklif berdi, ammo rad javobini oldi. O‘yinchining o‘zi o‘tishga qarshi emasligi qayd etilgan.

Minte o‘zining o‘yin uslubi bilan o‘ng va chap qanotda harakatlana olish qobiliyatiga ega, bu esa uni «Liverpul» uchun jozibador variantga aylantiradi.

«Brayton» Minte ni 2024-yil yozida «Nyukasl» dan 35 million evro evaziga sotib olgan. O‘yinchining shartnomasi 2029-yil yozigacha davom etadi. O‘tgan mavsumda 36 o‘yinda 3 gol urdi va 4 assist berdi.