Hujumchi «Kristal Pelas» Ismaila Sarr katta ehtimol bilan «Galatasaray»ga o‘tmaydi.

Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotlariga ko‘ra, «qushlar» turk klubining 30 million evro miqdoridagi taklifini rad etdi. «Kristal Pelas» senegallik futbolchini saqlab qolishni rejalashtirmoqda, chunki uni loyiha uchun muhim qism deb hisoblaydi. Biroq, Sarr o‘zi «Galatasaray»ga o‘tishga ochiq ekanligi qayd etilmoqda.

«Manchester Yunayted» va Londonning «Arsenal» klublari ham 28 yoshli hujumchini kuzatishda davom etmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Sarr barcha musobaqalarda 45 o‘yinda qatnashib, 21 gol urdi va ikki golli uzatmani amalga oshirdi.