Avvalgi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag, ingliz klubidagi faoliyati davomida Deklan Raycni transfer qilishni xohlaganini aytdi.

«Biz Deklan Raycni «Manchester Yunayted»da ko'rishni xohladik. Muammo shundaki, «Vest Xem» uni qo'yib yubormoqchi emas edi. Lekin menimcha, kelishuvga erishish uchun ko'proq harakat qilish mumkin edi», — dedi niderlandiyalik mutaxassis The Athletic bilan bo'lgan intervyusida.

2023 yilda Rayc «Vest Xem»dan «Arsenal»ga o'tdi. O'yinchining transferi «kanonirlar»ga 116 million evroga tushdi.

Erik ten Hag «Manchester Yunayted»ning bosh murabbiyi sifatida 2022 yildan 2024 yilgacha faoliyat yuritdi. U klub bilan birga ikki trofey yutdi.

Ten Hag Kane'ni «Manchester Yunayted»ga olib kelmoqchi edi