Madriddagi Realning chap himoyachisi Alvaro Kareras «Juventus»ning qiziqish doirasiga tushdi.

Turin klubi ispan futbolchini chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun birinchi tanlov sifatida belgiladi, deb xabar bermoqda Transfer News Live jurnalisti Ekrem Konurga tayanib. «Qadimiy xonim» uchun muqobil variant esa Rayan Ait-Nuri bo'lib, u Manchester Sitida o'ynaydi.

Karerasning Transfermarkt portalidagi bahosi 50 million evro. 23 yoshli futbolchi Jozef Mourinyo boshqaruvidagi jamoada Mark Kukurelyaning kelishi bilan muntazam o'yin amaliyotidan mahrum bo'lish xavfi ostida.

25 yoshli Ait-Nuri esa, xuddi shu portal mutaxassislari tomonidan 40 million evroga baholangan.