Argentinalik yarim himoyachi Aleksis Mak Allister o'zining Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi o'yinida «Vilyarreal»ga qarshi ikki marta to'p kiritdi.
Shu tariqa, u qiziqarli rekord o'rnatdi - Aleksis Mak Allisterning Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida urgan sakkizta goli ham «Enfild» stadionida kiritilgan. Bu, bitta o'yinchi tomonidan bir xil stadionda urilgan eng ko'p gol hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Mak Allister 2023 yildan boshlab «Liverpul» jamoasida o'ynaydi, u ushbu klubga Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni sifatida o'tdi. Bunga qadar u APLda «Brayton» jamoasida o'ynagan.
