«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq jamoaning sobiq murabbiyi Erik Ten Haggning so‘zlariga javob berdi. Ten Hagg rahbariyat va'dalarini buzganini ta'kidlagan edi.

Ten Haggning tajribasi Karriqda xavotir uyg‘otganmi, degan savolga, Karriq The Mirror nashriga quyidagilarni aytgan:

«Bu menga ta'sir qilmaydi. Bu Erikning fikri. Men barcha tafsilotlarni bilmayman va bu vaziyatni sharhlashni to‘g‘ri deb hisoblamayman, chunki o'sha paytda men bu bilan aloqador emas edim».

Murabbiy klub ichida ishchi muhit saqlanib qolayotganini ta'kidlab, rahbariyatdan qo'shimcha qo'llab-quvvatlashga ehtiyoji yo'qligini aytdi.